Umurtqasiz
Kitob hakidaKirishO`simliklarHayvonlarAdabiyotlar

 

Home>Hayvonlar>Umurtqasiz

 

5.

Yuraksimon savatcha

Cortade Freshwater Clam

Corbicula cor (Lamark, 1818)

 

Maqomi. 2: Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Eron-Turon turi.

Tarqalishi. Samarqand, Buxoro sh. atrofi va Qorateren k. (Orolbo`yi). O`zbekistondan tashqarida: Turkmanisgon, Ozarbayjon, Eron, Iroq, Suriya, Isroil.

Yashash joylari. Tekisliklardagi harakatchan suv havzalari. 2,5 metrgacha bo`lgan chuqurliklarda loyqali tuproqlarda yashaydi.

Soni. Keyingi o`n yilliklarda keskin kamayib ketdi. O`zbekistonda bir necha o`ntalik topilmalar orqaligina ma'lum.

Yashash tarzi. Kam o`rganilgan. 5-6 yil yashaydi. Tuxum qo`yuvchi tur. Organik chirindilar bilam oziqlanadi. Suvni tozalash xususiyatiga ega.

Cheklovchi omillar. Suv havzalarida suv sathining keskin o`zgarishi va xo`jalik faoliyati oqibatidani ularning ifloslanishi. Chig`anoqqarini yig`ish.

Ko`paytirish. Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari. Yashash tarzini mukammalroq o`rganish, yashash joylari muhofazasini uyushtirish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda saqlash, ularni ifloslanishdan muhofaza qilish. Chig`anoqlarini yig`ishni taqiqlash. 

 

 

6.

Sug`d tishsizi

Sogd Freshwater Clam

Colletopterum sogdianum (Kobelt, 1897)

 

Maqomi. 2: Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Turon endemik turi.

Tarqalishi. Kattaqo`rg`on, Chordara suv omborlari, Oqqo`rg`on baliq urchitish xo`jaligi, Aydarko`l, Sirdaryo, Amularyo, Zarafshon d. qayirlari. O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston.

Yashash joylari. Tekislikdagi harakatchan suv havzalari. Loyli tuproqlarda 2,5 metrgacha bo`lgan chuqurliklarda yashaydi.

Soni. Oldinlari ko`p uchrar edi, keyingi yillar keskin kamayib ketdi.

Yashash tarzi. 5-10 yil yashaydi. Xunasa tur. Tuxumini kuzda tashqi oyqulog`ining ichiga qo`yadi, ularni tashqariga keyingi yozda chiqaradi. Lichinkalari 5-8 hafta baliqlarning suzgichlari va oyqulog`larida rivojlanadi. Organik chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi.

Cheklovchi omillar. Suv havzalari sathining keskin o`zgarishi, xo`alik faoliyati natijasida ularning ifloslanishi, chig`anoqlarini yig`ish.

Ko`paytirish. Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari. Yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda ushlash, ularni ifloslanishdan saqlash, chig`anoqlarini yig`ishni taqiqlash.

 

 

7.

Urgut levozebrinasi

Urgut Snail

Laevozebrina urgutnsis (Kobelt, 1902)

 

Maqomi. 2: Janubiy Turkiston-Afg`onistonning zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan endemik relikt turi.

Tarqalishi. Urgut q, atrofi (Zarafshon t.). O`zbekistondan tashqarida: Afg`oniston.

Yashash joylari. Tog`larning (d.s.b. 900-1500 m) butalar bilan qoplangan mayda toshli yonbag`irlari.

Soni. Kam topilmalar orqali bo`yicha ma'lum.

Yashash tarzi. Kam o`rganilgan, 1,5-2 yilcha yashaydi. Tuxum qo`yadi.

Cheklovchi omillar. Daraxt va butalarning qirqlishi natijassda yashash joylarining yo`q qilinishi, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.

Muhofaza choralari. Yashash tarzini o`rganish, yashash joylarini muhofaza qilish lozim.

 

 

8.

Daryo savatchasi

River Freshwater Clam

Corbicula fluminalis (O.F.Mueller, 1774)

 

Maqomi. 2: Zaif, qisqarib borayotgan mozaik tarqalgan Eron-Turon turi.

Tarqalishi. Zarafshon d. qayirlari. O`zbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Suriya, Isroil.

Yashash joylari. Pasttekisliklardagi chuchuk suvli soylar. Chuqurligi 1,5 metrgacha bo`lgan loyqali joylarda yashaydi.

Soni. Oldinlari ko`p uchrar edi, keyingi o`n yillar davomida keskin kamayib, ba'zi joylarda butunlay yo`q bo`lib ketgan.

Yashash tarzi. Kam o`rganilgan, 5-6 yil yashaydi. Tuxum qo`yadi. Chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalash xususiyatiga ega.

Cheklovchi omillar. Suv sathining keskin o`zgarishi, xo`jalik faoliyati oqibatida ularning ifloslanishi, chig`anoqlarini yig`ish.

Ko`paytirish. Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari. Yashash tarzi va arealini mukammalroq o`rganish, yashash makonlarining muhofazasini tashkillashtirish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda saqlash, ifloslanishdan muhofaza qilish, chig`anoqlar yig`ishni taqiqlash.

 

 

9.

Qirmizi savatcha

 

Purple Freshwater Clam

Corbicula purpurea Prime, 1864

 

Maqomi. 2: Zaif, qisqarib borayotgan mozaik tarqalgan Eron-Turon turi.

Tarqalishi. Samarqand atrofi, Kattaqo`rg`on suv ombori, Zarafshon d. quyi oqimi (Sayyod q.), Amudaryo deltasi, Muynoq atrofi, Qorateren va Dautko`l k. (Orol bo`yi). O`zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Eron, Iroq, Suriya.

Yashash joylari. Tekisliklardagi harakatchan suv havzalari. 2 metrgacha bo`lgan chuqurliklarda loyqa tuproqlarda yashaydi.

Soni. Oldinlari ko`p uchrar edi, keyingi bir necha o`n yillar davomida keskin kamayib ketdi.

Yashash tarzi. Kam o`rganilgan. 5-6 yil yashaydi. Tuxum qo`yadi. Organik chiqindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalash xususiyatiga ega.

Cheklovchan omillar. Suv sathining keskin o`zgarishi, xo`jalik faoliyati oqibatida ularning ifloslanishi, chig`anoqlarini yig`ish.

Ko`paytirish. Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari. Yashash tarzi va arealini mukammalroq o`rganish, yashash joylarining muhofazasini tashkillashtirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, ifloslanishdan muhofaza qilish, chig`anoqlarni yig`ishni taqiqlash.

© Web-design  Burnashev R.F., 2005